Angor tumanida yoqilg‘i to‘latilgan sisterna portladi: bir kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat 08:12 / 29.07.2020 6426

Voqea 28 iyul kuni 22:00 lar atrofida mahalliy korxonalardan biriga tegishli ombor hududida ro‘y bergan, deb yozadi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Ma'lum qilinishicha, 1981 yilda tug‘ilgan payvandchi K.A. dizel yoqilg‘isi to‘latilgan 10 tonnalik sisternani payvand qilib yamamoqchi bo‘ladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik sig‘imning yorilishiga olib keladi.

Favqulodda hodisa oqibatida fuqaro K.A. voqea joyida vafot etgan, uning yonida turgan P.K. esa turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Yoyilgan alanga sisterna yoniga to‘xtatib qo‘yilgan Isuzu markasidagi yuk mashinasi ham yonib ketishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Voqeadan ko‘p o‘tmasdan hodisa yuz bergan joyga Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikkita yong‘in-qutqarish ekipaji yetib kelgan va ular tezkorlik bilan yong‘inni o‘chirgan.

Ko‘proq yangiliklar: