Toshkent viloyatida 15 kun mobaynida 15 859ta transport vositasi radarga tushdi

Jamiyat 17:14 / 27.07.2020 5169

Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat yo‘llarida transport vositalari harakati kamayishiga qaramasdan 10 iyul kunidan hozirgi kunga qadar 15 859ta tezlikni me'yoridan oshirish holati maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar orqali aniqlandi. Ushbu holatlar ichida tezlikni haddan tashqari me'yoridan oshirib yuborgan haydovchilar ham bor.

Masalan, 10 iyul kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan “Malibu 2” rusumli avtoulov O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tuvchi A373-avtomobil yo‘lida 70 km/soat belgilangan joyda 133 km/soat tezlik bilan harakatlangan. 

11 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan tashkilotga qarashli bo‘lgan Mersedes G 63 rusumli avtoulov Yuqori Chirchiq tumanidan o‘tuvchi 4R12-avtomobil yo‘lida 70 km/soat belgilangan joyda 135 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

11 iyul kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtoulov Yuqori Chirchiq tumanidan o‘tuvchi 4R12-avtomobil yo‘lida 70 km/soat belgilangan joyda 145 km/soat tezlik bilan harakatlanganligi aniqlandi.

Ma'lum qilinishicha, iyul oyi mobaynida 23ta yo‘l-transport hodisasiga tezlikni me'yoridan oshirish sabab bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: