Nikohdan o‘tish uchun ariza muddati karantin sabab o‘tib ketsa, nima bo‘ladi?

Jamiyat 12:22 / 27.07.2020 18314

«Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari»ning 76-bandiga ko‘ra, nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek FHDYo organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin», - deydi u AOKA qoshida tashkil etilgan maxsus shtab brifingida.

Ma'lumot uchun, odatda nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar to‘g‘rida belgilangan namunadagi ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach, ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etiladi. FHDYo organi mudiri, uzrli sabablar bo‘lganda hamda arizachilarning iltimoslariga ko‘ra, bir oylik muddatni qisqartirishi ham mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: