Karantinda bola tug‘ilganligi uchun beriladigan suyunchi pulini qanday olish mumkin?

Jamiyat 12:19 / 27.07.2020 25116

Zokirovaning aytishicha, hukumatning joriy yil 23 maydagi qarori bilan tasdiqlangan «Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti»ga ko‘ra, suyunchi puli olish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali so‘rovnoma to‘ldirish mumkin.

«So‘rovnomada ariza beruvchining F.I.O., tug‘ilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, JSh ShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami), nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot, elektron pochta manzili, bola tug‘ilgan sanasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami, dalolatnoma yozuvi qayd raqami, bolaga aloqadorligi (ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs), telefon raqami kiritiladi – demak, pasport yoki uning nusxasi hamda tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki uning nusxasi kerak bo‘ladi», - deydi Sevara Zokirova.

Ma'lumot uchun, farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi – bugungi kunda bu – 477 500 so‘mni tashkil etiladi. Ushbu summa joylardagi «Xalq banki» filiallari tomonidan to‘lab beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: