Sardoba fojiasida evakuatsiya qilingan aholi uchun mo‘ljallangan 53 mln so‘mlik mahsulotlar soxta hujjat orqali olib ketildi

Jamiyat 12:12 / 26.07.2020 40961

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Kun.uz ga ma'lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro M.J. Sardoba toshqinidan jabr ko‘rib, tumanning 21-sonli maktabiga evakuatsiya qilingan aholi uchun zarur nooziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish maqsadida, Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan 53 mln so‘mlik mahsulotlarni maxsus ombordan olib chiqib, noma'lum shaxslarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan M.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: