Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Usmon Nosir 2-tor ko‘chasining 200 metrlik qismi ko‘prik qurilish ishlari olib borilishi munosabati 6 oy muddatga yopilmoqda. Bu haqda shahar hokimiyati axborot xizmati xabar bergan.
«Haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz », - deyiladi hokimlik xabarida.
Bundan avval, Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasiga tutashgan joyidan Novza ko‘chasigacha tutashgan hududi qariyb bir oy muddatga transport vositalari harakati uchun berkitilgandi.