Shayxontohurdagi «Yoshlik» sport majmuasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlar davolanishi uchun sharoit yaratilmoqda

Jamiyat 20:30 / 25.07.2020 7509

Shayxontohur tumanining "Yoshlik" sport majmuasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi rasmiy veb saytida xabar qilinishicha, hozirda majmuaning 3 ta zalini qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Bu maskan 520 nafar bemorning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihoz va uskunalar, xususan, IVL va SIPAP apparatlari, kislorod balonlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan ta'minlanmoqda.

Shuningdek, 150 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun ham yotoqxona tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Sergeli tumanining 2-bolalar va o‘smirlar sport majmuasida ham 250 o‘rinli davolash maskani tashkil etilmoqda.

Tibbiyot xodimlari uchun bino hovlisida maxsus palatkalar qurilmoqda.

Ayni paytda maskanni eng zarur bo‘lgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari davom etmoqda.

Har ikki maskanda ham shifoxonalardagidek sharoit yaratish uchun mutaxassislar bilan hamkorlikda, ularning tavsiya va ko‘rsatmalari bilan ish olib borilmoqda.

Ushbu yangi quvvatlar yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: