2020 yil 24 iyul kuni soat 12:10larda fuqaro, 2002 yilda tug‘ilgan U.X. hech qanday tegishli hujjatlarsiz fuqaro R.N.ga tegishli «Captiva» rusumli avtomashinani Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasi hududidan o‘tgan 4R-33 avtomobil yo‘lining Nayman-Dashtobod yo‘nalishi 29-km.da boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda u rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida avtomashina ag‘darilib, ag‘anab ketgan.
Natijada, haydovchi U. X. tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Sardoba tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.