Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston T-64 tanklarini modernizatsiya qilishni boshladi
Ekipaj shaxsiy tarkibi sog‘ligini asrash maqsadida tankning himoya qobig‘i qo‘shimcha zirh, panjara va dinamik himoya qutilari bilan kuchaytirildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli Zirhli texnikalarni ta'mirlash zavodining ishlab chiqarish bazasida T-64 rusumli tank kapital ta'mirdan o‘tkazildi va u zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilindi.
Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, T-64 tankining 5TDF dvigateli transmissiyasi bilan birgalikda V’simon V-84 dvigatelga almashtirilib, uning quvvati 140 ot kuchiga oshirildi va barcha tabiiy iqlim sharoitlarda harakatlanishi uchun moslashtirildi.
Shuningdek, ekipaj shaxsiy tarkibi sog‘ligini asrash maqsadida tankning himoya qobig‘i qo‘shimcha zirh, panjara va dinamik himoya qutilari bilan kuchaytirildi. Aloqa vositalari zamonaviy, ya'ni mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan Hytera brendi ostidagi raqamli radioaloqa vositalariga almashtirildi. Modernizatsiya qilingan T-64MV tanki buyurtmachi sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Sinov yakuniga ko‘ra, T-64MV tanki texnik tavsiflari, shu jumladan dvigatel quvvati, tabiiy to‘siqlardan o‘tuvchanligi va otish qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha T-72 rusumli tankdan qolishmasligini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mavjud T-64 tanklarni T-64MV tanki darajasigacha modernizatsiya qilishni yo‘lga qo‘yish va qo‘shinlarni T-64MV tanklari bilan qayta qurollantirish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi
Jahon | 09:09
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40
-
Germaniya banki O‘zbekistonda biznesni moliyalashtirish loyihasini amalga oshiradi
Iqtisodiyot | 08:32
Mavzuga oid

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

23:22 / 30.06.2025
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi

14:18 / 27.06.2025