Moskvada «Olimpiyskiy» sport majmuasini portlatish boshlandi

Sport 18:43 / 23.07.2020 17398

Moskvada «Olimpiyskiy» sport majmuasining ichki konstruksiyalarini portlatish orqali buzish boshlandi. Bu haqda shahar aholisi Instagram akkauntlarida ma'lum qildi.

 «"Olimpiyskiy"ni asta-sekin parchalashmoqda. U bu yerda o‘tkazilgan Olimpiada-80dan tortib Yevrovideniye 2009gacha tarixda qoladi. Yulduzlarning konsertlari va yirik sport musobaqalari bilan yodda qoladi», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Aytilishicha, portlatish birin-ketin amalga oshirilmoqda.

«Komsomolskaya pravda» nashrining yozishicha, portlash ovozini eshitgan moskvaliklar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishni boshlagan, politsiya ularni tinchlantirgan.

«Kiyevskaya ploshchad» kompaniyalar  guruhi matbuot xizmatining bildirishicha, modernizatsiyadan so‘ng «Olimpiyskiy» jahon miqyosidagi musobaqalarni qabul qiladigan  sport obekti hamda konsert dasturlari o‘tkaziladigan ommabop maydonga aylanadi.

«Olimpiyskiy» shu yilning yanvarida kapital ta'mirlash uchun yopilgandi. Ta'mirlash ishlari 3 yil davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: