APL. «Liverpul» 8ta gol urilgan o‘yinda «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Sport 02:13 / 23.07.2020 10518

APLda 37-tur o‘yinlari davom ettirildi. Chempionlikni hal qilgan «Liverpul» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi va 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Chelsi»ning ochkolari 63taligicha qoldi va Lempard jamoasi 3-o‘rinni «MYu»ga boy berdi. «Liverpul»ning ochkolari esa 96taga yetdi. Endi «Lester», «MYu» va «Chelsi» o‘rtasida YeChLning ikkita yo‘llanmasi 38-turda hal taqsimlanadi.

APL. 37-tur

Liverpul – Chelsi 5:3

Gollar: Keyta (23), Aleksander-Arnold (38), Veynaldum (43), Firmino (55), Oksleyd-Chemberlen (84) – Jiru (45), Abraxam (61), Pulishich (73).
Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Roberson, Gomes, van Deyk, Veynaldum (Milner, 66), Keyta (Djons, 66), Fabino, Mane (Origi, 87), Firmino (Minamino, 87), Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 79).
Chelsi: Arrisabalaga, Jyeyms, Aspilikueta, Zuma, Alonso (Emerson, 88), Maunt (Xadson-Odoi, 59), Kovachich, Villian (Pulishich, 59), Jorjino, Ryudiger, Jiru (Abraxam, 59).

Ko‘proq yangiliklar: