Feruza Madrahimova 1988 yilda tug‘ilgan, 2008 yilda Urganch davlat universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston milliy universiteti magistraturasini va 2013 yilda mazkur universitetning doktoranturasini tamomlagan. Falsafa bo‘yicha PhD doktori.
F.Madrahimova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgandi. U bunga qadar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O'zbekiston» telekanali bosh muharriri o‘rinbosari sifatida ham faoliyat olib borgan.
Bunga qadar universitetning yoshlar va ma'naviyat masalalari bo‘yicha prorektori lavozimida Odil Almuratovich Ko‘ysinov ishlab kelayotgandi. Ma'lum bo‘lishicha, Odil Ko‘ysinov hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ish boshlagan.