Toshkent shahrining geografik axborot-tahliliy tizimi joriy etiladi

Jamiyat 20:44 / 20.07.2020 1645

«Raqamli Toshkent» kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etiladi. Bu 2020 yil 16 iyuldagi hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.

«Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan mazkur hujjat bilan «Raqamli Toshkent» geoaxborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma'lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish sxemasi, Toshkent shahrining geografik axborot-tahliliy tizimini joriy etish reja jadvali, «Davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlangan.

«Qaror asosida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid ko‘rsatkichlarini to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni har tomonlama baholash, muammolarni hal qilish qiyosiy baholash, tendensiyalar, strategiyalar, prognozlar, voqea-hodisalarni rivojlanishiga oid dastur va rejalarni aniqlash, jamoat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning bartaraf etish maqsadida mas'ul rahbarlarga axborot-tahliliy ko‘maklashish, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va boshqa axborot manbalarini integratsiyalash kabi muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilgan.

«Raqamli Toshkent» kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahliliy tizimini joriy etish reja jadvali asosida 41 ta banddan iborat chora-tadbir amalga oshiriladi», deya AKT vaziri matbuot kotibi Sherzod Ahmadovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: