«Somon o‘rami» operatsiyasi chippakka chiqdi – 8,8 tonna rangli metall fosh bo‘ldi

Jamiyat 12:18 / 20.07.2020 10069

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda “Farg‘ona-Shohimardon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtotransport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib, nazoratdan o‘tkazishdi.

Avvaliga fuqaro A.A. yukxonada somon o‘ramlari ortilganini ma'lum qiladi. Biroq tekshiruv natijasida, zich qilib joylangan somon o‘ramlari ortida qo‘shni mamlakatga olib chiqish mo‘ljallangan, umumiy qiymati 35,2 million so‘mlik 8,8 tonna og‘irlikdagi rangli metallar yashirilganligi aniqlandi.

Qonunbuzarning rejasi chippakka chiqdi, holat yuzasidan esa bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: