Ispaniyada «koronavirusli futbol o‘yini» tashkilotchisi hibsga olindi

Sport 21:09 / 19.07.2020 6057

El Confidencial gazetasi xabariga ko‘ra, politsiya o‘yin tashkilotchisini hibsga olgan. Huquq tartibot idoralari talqiniga ko‘ra, u 20 iyul kuni Pamplona shahrida bunday o‘yinda ishtirok etishni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilgan. Gumonlanuvchi aholi salomatligiga qarshi jinoyatda ayblanmoqda. Hozirgi vaqtda tergov ishlari o‘tkazilyapti.

Worldometers xabariga ko‘ra, 19 iyul kungi holatga ko‘ra, Ispaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 307 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Ularning 28 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: