Ko‘pchilik ayollar har oyda, taxminan vaqt oralig‘ining bir paytida, o‘zlarini juda yomon his qiladilar. Dunyo ko‘ziga qorong‘u bo‘lib ko‘rinadi, ahvoli haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bunday paytlarda go‘zal xonimlar badjahl va jizzaki ayolga aylanib qoladilar. Aynan shu mifologik obraz kritik kunlarning navbatdagi sikli arafasida ayolning holatini aks ettiradi. Barcha keyingi ko‘ngilsizliklarni mutaxassislar «hayz ko‘rishdan oldingi sindrom» – HKOS termini bilan ataydilar.
Hozirgi paytda HKOS ateroskleroz, semirish, surunkali charchash sindromi xastaliklari qatorida ko‘pincha, aqliy mehnat vakillari bo‘lgan shaharlik ayollarni, kamdan-kam jismoniy ish bilan mashg‘ul bo‘lgan ayollarni shikastlaydigan sivilizatsiya xastaligi sifatida ko‘riladi.
Hayz ko‘rishdan oldingi sindrom ko‘pincha munozara va qizg‘in bahslar predmetidan iborat bo‘lib, erkaklarning doimo ayollar ustidan hazil qilishlariga sabab bo‘ladi. Erkaklarning fikricha, ayollarning xatti-harakatlari ularning oldindan bilib bo‘lmaydigan «shiddatli gormonlari barqaror bo‘lmagan holatlari bilan» bog‘liq. Ba'zi ayollar uchun hayz ko‘rishdan oldingi sindrom haqiqiy muammo bo‘lib, ularning ish va oilaviy hayotlariga keskin ta'sir qiladi.
HKOS alomatlari navbatdagi hayz ko‘rishdan 10-12 kun avval paydo bo‘ladi. Agar kechqurun sizning ahvolingiz joyida bo‘lib, ertalab sochlaringiz jonsizlansa, engagingizda toshma paydo bo‘lsa, qovog‘ingiz shishsa, boshingiz aylansa, ko‘kragingiz va oyog‘laringiz og‘risa, ko‘nglingiz aynisa, xotirjam bo‘ling – siz «har oylik ayollik kasali» boshlanishi arafasidasiz. Bunday noxush alomatlar hayz ko‘rish boshlanishi bilan yoki birinchi kun davomida yo‘qoladi. HKOS ayniqsa 35 yoshdan katta ayollarda og‘ir o‘tadi.
Ko‘pgina tadqiqotchilar bunday ko‘rinishni estrogen va progesteronning disbalansligida deb hisoblaydilar. Normal holatda bu gormonlar bir paytda «ishlaydilar», bunday disproporsiyada organizm azob chekadi. Estrogenlari ko‘p ajralib chiqadigan ayollarda kritik kunlar nevrozli, serzardali, hattoki tajovuzkorona (agressiv) o‘tadi. Progesteron hissasi ko‘p bo‘lgan ayollar esa, cheksiz horg‘inlik sezadilar, tushkunlikka tushadilar.
Hozirgi paytda hech kim hayz ko‘rishdan oldingi sindromli ayollarning jismoniy va ruhiy holatlarini o‘ta jiddiy kasallik deb qabul qilmaydi. Olimlarning aniqlashicha, jinsiy gormonlarning disbalansligiga prolaktin gormoni sabab bo‘ladi (shundan HKOS paydo bo‘ladi). Ayniqsa prolaktin sathining latentli (yashirin) chayqalishi kutilmagan oqibatlarga olib keladi. Bu chayqalishlar sut bezlari faoliyatini tezlashtiradi va natijada og‘riq paydo bo‘ladi, alohida holatlarda mastopatiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Zamonaviy preparatlar gormonal fonni rostlashga va HKOS alomatlaridan holis bo‘lishga yordam beradi. Bunday davolash nojo‘ya ta'siri katta miqdorda bo‘lgan kuchli gormonal preparatlar bilan bog‘liq bo‘lmaydi. «Bionorika Se» nemis kompaniyasi Mastodinon® o‘simlik preparatini ishlab chiqardi. Bu preparat hayz ko‘rishdan oldingi sindrom alomatlarini samarali yo‘qotadi, bundan tashqari, bezarar mastopatiyani bezarar davolashda keng qo‘llaniladi.
Mastodinon® o‘simlik preparati hayz ko‘rishdan oldingi sindrom va fibrozkistozli mastopatiyaing tez-tez uchraydigan alomatlari bo‘lgan sut bezlarining og‘riqli taranglashishini (mastodiniya) davolashda qo‘llanadi. Mastodinon® qabul qilinganda prolaktinning yuqori patologik darajasi normallashadi, ayol gormonlari disbalansi yo‘qoladi.
Umumlashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, HKOS davrida 3 oy davomida Mastodinon® bilan terapiya kursini qo‘llashda 70% hollarda ijobiy natija beradi: sut bezlarida og‘riq alomatlari kamayadi, ruhiy beqarorlik, yig‘loqilik, tushkunlikka tushish, bosh og‘rig‘i, shish, qorinning dam bo‘lishi kabi alomatlar yo‘qoladi.
Preparat tomchili, hozirgi vaqtda esa tabletka ko‘rinishida ishlab chiqariladi va shifokor retseptisiz beriladi.
Yaxshi natijalarga erishish uchun Mastodinon® preparatini uzluksiz, hatto hayz ko‘rish davrida ham 3 oydan kam bo‘lmagan muddat davomida qabul qilish kerak. Preparat kuniga 2 mahal: ertalab va kechqurun, 30 tomchidan yoki 1 tabletkadan qabul qilinadi. Preparatni 6 hafta qabul qilgandan so‘ng bemor sog‘ayadi. Mastodinon® bilan davolashni uzoq muddat davom ettirish mumkin. Mastopatiyani davolash uchun 6 oylik kurs tavsiya qilinadi. Preparat qabul qilish muddati tugagandan so‘ng shikoyatlar yana davom etsa, shifokor bilan maslahatlashish va davolanishni davom ettirish lozim.
Mastodinon® tarkibida gormonlar mavjud emas, o‘simlik komponentlaridan tayyorlanadi va shuning uchun uni uzoq muddat qabul qilish mumkin. Bu bilan ayollarning o‘z hayotlaridan bir necha «og‘ir kunlarni» o‘chirib tashlashlariga hojat qolmaydi deyish mumkin.
Mahsulot sertifikatlangan.
Tarkibi: Avraam daraxti, vasilistkali Steblelist, Alp binafshasi, Kuchala ignatsiya daraxti, turli xil rangli Gulsapsar, yo‘l-yo‘l Liliya.
Ishlab chiqaruvchi: «Bionorika Se», Germaniya.
DV/X 06400/06/19 (Mastodinon, tabletka) qayd etish guvohnomasi.
DV/X 06401/06/19 (Mastodinon, ichish uchun tomchilar) qayd etish guvohnomasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Qo‘llashdan avval yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish yoki mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.
Reklama huquqi asosida