London Moskvani Britaniyadagi 2019 yilgi saylovlarga aralashishga urinishda aybladi

Jahon 18:55 / 16.07.2020 2777

 Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasining ta'kidlashicha, Rossiya 2019 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan Britaniya parlamentiga saylovlar natijasiga ta'sir ko‘rsatishga uringan.

 "Sinchkovlik bilan o‘tkazilgan tahlillar asosida hukumat Rossiya kuchlari noqonuniy tarzda qo‘lga kiritilgan hukumat hujjatlarini faol tarqatib 2019 yildagi parlament saylovlariga aralashishga uringan degan xulosaga keldi", - dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

 Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning saylov natijalariga ta'sir ko‘rsatishga ehtimoliy urinishi fakti bo‘yicha jinoiy surishtiruv boshlangan.

"Jinoiy surishtiruv olib borilmoqda va mazkur bosqichda yana biror gap aytishning mavridi emas ", - dedi Raab.

Ko‘proq yangiliklar: