Yaponiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 76 kishiga yetdi

Jahon 09:13 / 15.07.2020 4665

Yaponiyada suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida qurbon bo‘lgan fuqarolar soni 76ga yetdi. Bu haqda NHK telekanali joylardan olingan ma'lumotlarga asoslangan holda xabar qilmoqda

Bir kishi o‘ta og‘ir holatda topilgan bo‘lsa, 13 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. 15 ming uyning vayron bo‘lishiga olib kelgan suv toshqinlari va yer ko‘chkilariga mamlakat janubi-g‘arbida ikki haftadirki davom etayotgan surunkali yomg‘irlar sabab bo‘lgan. 

Ob-havo mutaxassislari esa, hafta oxirigacha yomg‘ir to‘xtamasligini, biroq yomg‘ir to‘xtagan vaqtda ham sergaklikni yo‘qotmaslik kerakligini, chunki sezilar-sezilmas yer qimirlashi ham suvga to‘yingan yerning ko‘chishiga sabab bo‘lishidan ogohlantirmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: