Turkiya va Rossiya o‘zaro aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi

Jahon 17:13 / 15.07.2020 17402

Turkiya va Rossiya 15 iyuldan o‘zaro aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

13 iyul kuni Turkish Airlines 1 avgustdan Rossiyaga parvozlar tiklanishini xabar qilgan va o‘z saytida parvozlar amalga oshiriladigan oltita shaharni ko‘rsatgandi. 

O‘sha kuni Turkiya tomonining tashabbusi bilan Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan. Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, muloqotda «sanitar-epidemiologik vaziyat yaxshilanishi barobarida turistik almashuvlarni tiklash istiqboli muhokama qilingan».

 Rossiya koronavirus pandemiyasi sababli mart oxirida xorijga aviaqatnovlarni butunlay to‘xtatgandi.

 Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash 15 iyuldan boshlanishini ma'lum qilgandi.

Turkish Airlines shuningdek, 1 avgustdan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Hindiston, JAR va BAAga aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini xabar qildi.

Ko‘proq yangiliklar: