«Somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlash shart emas. Kombinezon tez alanga olishi mumkin bo‘lgan materiallardan tikiladi. Shunday ekan, somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlashni talab qilish asossiz.
Tekshiruvchilardan ushbu talab qayd etilgan hujjatni ko‘rsatishni talab qiling. Bu sizning huquqingiz hisoblanadi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.