Bojxonachilar 1 milliard so‘mlik qing‘irlikni fosh etishdi

Jamiyat 14:24 / 15.07.2020 5625

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Sirdaryo chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro Sh.J. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida avtotransport vositasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan umumiy qiymati  1 milliard so‘mlik 12 977 dona parfyumeriya vositalari va 18 581 dona avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: