Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda haydovchisiz robotaksi xizmati sinovi boshlandi
WeRide startapi Xitoyda haydovchisiz robotaksi xizmatini sinovdan o‘tkazadigan ilk kompaniya bo‘ladi. Kompaniya birinchi sinovlarni Guanchjou shahri ko‘chalarida boshladi.

Foto: Weride
Guanchjou ma'muriyati WeRide’ga transport vositalarini masofadan boshqarishga ruxsat berdi. Sinovlar 8 iyulda boshlangan, biroq kompaniya bu haqida 2 kun o‘tgach rasmiy bayonot bergan. Yangi xizmatning birinchi mijozlari uning imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi, biroq shaharning istalgan nuqtasigacha borisha olmaydi, chunki startap buyurtmalarni shaharning ma'lum qismida oladi.
Sinovlar davomida startap ba'zi xavfsizlik choralarini qo‘llashni davom ettiradi. Ulardan eng muhimi mashinalarning boshqaruv markaziga 5G-tarmog‘i yordamida doimiy holda ulangan holda bo‘lishi hisoblanadi. Buning yordamida operatorlar har bir robotaksi uchun yo‘ldagi vaziyatni kuzatib borishadi va istalgan vaqtda uning boshqaruvini o‘z qo‘llariga olishlari mumkin bo‘ladi. Kompaniya, shuningdek, yo‘l ishlari yoki ko‘chalarning ma'lum qismida yo‘l harakati qoidalarining vaqtincha o‘zgargani kabi vaziyatlarni ham hisobga olgan.
WeRide avtopiloti SAE International tashkiloti tuzgan shkalaga ko‘ra avtonomlikning 4-darajasiga mos keladi. 4-daraja muayyan sharoitlarda, misol uchun, agar yo‘nalish o‘ziyurar transport uchun avvaldan tayyorlangan bo‘lsa to‘liq avtomatlashtirilganlikni nazarda tutadi. Tesla kompaniyasidan tashqari ko‘plab avtomobilsozlik kompaniyalari aynan shu texnologiyaga amal qiladi. Tesla esa 2020 yil oxirigacha birdaniga avtonomlikning 5-darajasiga o‘tmoqchi.
WeRide avtonom transport sohasida eng istiqbolli startaplardan hisoblanadi. U Nissan, Renault va Mitsubishi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Kompaniya avtoparki 100 dan ko‘proq mashinadan iborat bo‘lib, bu mashinalar sinovlar davomida 2,6 mln kmdan ko‘proq yo‘l bosib o‘tgan. WeRide’ga AutoX, Pony, ai, Baidu va Didi Chuxing kompaniyalari raqobatchi hisoblanadi. Bu kompaniyalarning barchasi Xitoyning turli shaharlarida haydovchisiz taksilarni sinovdan o‘tkazadi, biroq birortasi hali avtonom mashinalarning haydovchisiz sinalishigacha yetib bormagan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat | 12:28
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
-
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
O‘zbekiston | 12:02
Mavzuga oid

22:40 / 27.07.2025
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

20:09 / 26.07.2025