Turkiya qurolli kuchlari Armanistonga qarshi urushda Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashi ma'lum qilindi
Xulusi Akar Turkiya qurolli kuchlari "bir millat, ikki davlat" tamoyiliga muvofiq Ozarboyjon qurolli kuchlari bilan yonma-yon turishini ta'kidladi.

Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar Armaniston bilan harbiy to‘qnashuvda Ozarboyjonni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
"Armaniston tomonining Ozarboyjonning Tovuz rayonidagi hujumlarini keskin qoralaymiz. Halok bo‘lgan ozarboyjonlik harbiylarning yaqinlari va qarindoshlariga ta'ziya bildiramiz, yaralanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz. Ozarboyjon yerlarini noqonuniy ravishda bosib olib uzoq yillardan buyon zo‘ravonlik siyosatini olib borayotgan Armanistonga qarshi kurashda Ozarboyjon qurolli kuchlariga yordam berish va qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz", - dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya qurolli kuchlari "bir millat, ikki davlat" tamoyiliga muvofiq Ozarboyjon qurolli kuchlari bilan yonma-yon turadi.
12 iyul kuni Boku va Yerevan bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish va artilleriyadan foydalanishda ayblagandi.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi kelishmovchilik 1988 yil fevralda Tog‘li Qorabog‘ muxtor oblasti Ozarboyjon SSR tarkibidan chiqishini e'lon qilganidan so‘ng vujudga kelgan. 1992-1994 yillardagi qurolli nizo davomida Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ va unga tutash beshta rayon ustidan nazoratni yo‘qotgan.
Mavzuga oid

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

14:11 / 08.03.2025
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

20:52 / 05.03.2025