Yevropaning 7 ta yirik daryosida tibbiy niqoblar va qo‘lqoplardan iborat chiqindi aniqlandi 

Jahon 19:54 / 13.07.2020 6666

Yevropadagi 7 ta yirik daryoda tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar aniqlangan. Bu haqda suv resurslarini monitoring qilish jamg‘armasi Tara Ocean vakili Roma Xetinger ma'lum qildi.

Mutaxassis gap qaysi daryolar haqida borayotganiga oydinlik kiritmagan, biroq jamg‘arma Temza, Elba, Reyn, Sena, Ebro, Rona, Tibr, Garonna va Luara kabi daryolarni o‘rganadi. 

Xetinger France Inter radiostansiyasi efirida iyunda daryolarni o‘rgangan mutaxassislar muntazam ravishda ularda himoya vositalarini aniqlashganini ma'lum qilgan. Mutaxassis propilendan tayyorlangan qo‘lqoplar va bir martalik niqoblar tez parchalanib ketishiga umid bildirgan, biroq ushbu chiqindi dengizga tushgan bo‘lishi mumkin.

“Bunday ma'lumotlar kelajak uchun xavotir uyg‘otadi, chunki ularga ko‘ra, chiqindilar dengizga tushgan bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Xetinger. 

Daryolarni o‘rgangan suzuvchi laboratoriya sardori Marten Ertoning ta'kidlashicha, ekspeditsiya barcha daryolardan olingan suv namunalarida dengizda parchalanmaydigan mikroplastik aniqlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: