Vazir: Kam ta'minlangan fuqarolar haqqiga ko‘z olaytiradigan xodimga mahalla tizimida o‘rin yo‘q

O‘zbekiston 15:59 / 12.07.2020 9891

«Ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan holatlarning barchasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi, qonuniy chora ko‘rish uchun prokuraturaga berildi», – dedi Mamatov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha yana qat'iy karantin e'lon qilingach, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari faoliyati tiklangan.

«Endi biz maxsus ishchi guruhimizni tashkil qildik. Hozirgi kunda kimga oziq-ovqat, dori-darmon yetkazib berilishini mahallalar kesimida shakllantirib oldik.

Tizimimizga korrupsiya holatlari aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sholi kurmaksiz bo‘lmaydi, lekin agar kam ta'minlangan fuqaroning rizqiga ko‘z olaytiradigan odam mahalla tizimida ishlaydigan bo‘lsa, biz uni albatta ishlatmaymiz va qonuniy choralarni ko‘ramiz», – dedi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri.

Avvalroq, vazirlik muhtojlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantirgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 20 kunlik karantin davrida 120 mingga yaqin muhtoj oilaga yordam ko‘rsatish uchun 20 mlrd so‘m ajratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: