OTMga qabulda so‘xlik yoshlar uchun ajratilgan 500ta o‘rin qanday taqsimlanadi?

Jamiyat 22:16 / 12.07.2020 8682

Tahririyatimizga Farg‘ona viloyati So‘x tumanida yashovchi abituriyentdan murojaat kelib tushdi.

«Assalomu alaykum. Prezident qarori bilan bu yil Farg‘ona viloyati So‘x tumani yoshlariga OTMga kirish uchun 500ta o‘rin ajratildi. Shu qaror ijrosi bo‘yicha ma'lumot olishda yordam bersangiz. O‘rinlar qaysi tartibda ajratiladi va qaysi yo‘nalishlar uchun amal qiladi? O‘zi umuman, bu o‘rinlar rostan beriladimi?

Javob uchun oldindan rahmat», deb yozadi Sahobiddin ismli mushtariy.

Biz murojaat bo‘yicha Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov bilan bog‘landik. U masalaga quyidagicha izoh berdi.

Bu – prezidentimiz tasdiqlab bergan o‘rin va u o‘zgarmaydi.

Bu jarayonning tartibi shunday bo‘ladiki, o‘qishga kirish uchun 3 ming so‘xlik hujjat topshirishi ham mumkin, balki 10 ming so‘xlik o‘qishga kirish istagini bildiradi va ro‘yxatdan o‘tadi. 

Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda mazkur qabul parametrlarini ehtiyojga muvofiq oliy ta'lim muassasalari kesimida taqsimlash bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chikishmoqda. Bu takliflar Davlat komissiyasi tomonidan tasdiklanadi.

Davlat komissiyasi natijalarga qarab eng yuqori ball olgan 500 nafar abituriyentni tanlab, o‘qishga tavsiya etadi.

Hammasi belgilangan kvota qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu holat suxliklarni tavsiyanomasi bor abituriyent sitfatida deb tushunish mumkin, ular o‘qishga birinchi navbatda Prezidentimiz tasdiqlab bergan 500 ta o‘ringa davlat granti bo‘yicha o‘qishga tavsiya etiladi. Qolgan so‘xliklar olgan ballariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan 5 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tartibda tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Menimcha, ko‘pchilik so‘xlik yoshlar tojik tilli o‘qishlarga topshirishi ham mumkin. Chunki ular tojik tilida o‘qigan.

Oldingi yillarda o‘qitish tojik tilida olib boriladigan ta'lim yo‘nalishiga kiruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihonlari OTMlarida an'anaviy imtihon (kasbiy (ijodiy) imtihon) sifatida o‘tkazilgan.

O‘qitish tojik tilida olib boriladigan ta'lim yo‘nalishiga kiruvchi abituriyentlar uchun bu yil kirish imtihonlari test sinovi orqali amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: