«Formula-1»ning 2-bosqichi g‘olibi aniqlandi

Sport 20:23 / 12.07.2020 2930

Shtiriyada (Avstriya) o‘tgan bosqichda 2-o‘rinni Mercedes’ning yana bir poygachisi Valtteri Bottas, 3-o‘rinni Red Bull poygachisi Maks Ferstappen egallagan.

Poygalarning 1-bosqichi ham shu trassada o‘tgan edi. O‘shanda g‘alabani Bottas nishonlagandi.

Joriy bosqichda avvalgisi kabi rossiyalik poygachi Daniil Kvyat, monakolik Sharl Lekler, Maks Ferstappen va Kimi Raykkonen poyga oldidan irqchilikka qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash ifodasi sifatida tiz cho‘kishdan bosh tortgan. 5 iyulda o‘tgan bosqichda ham Black Lives Matter harakatini 6 poygachi tiz cho‘kish orqali qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgandi. 

Ikkita bosqichdan keyin 43 ochko bilan Bottas yetakchilik qilmoqda. Hemilton 37 ochko bilan 2-o‘rinni, “Maklaren” a'zosi Lando Norris 26 ochko bilan 3-o‘rinni egallamoqda. 

“Formula-1”ning navbatdagi bosqichi Vengriyada 17-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Joriy mavsum pandemiya sababli yilning ikkinchi yarmiga ko‘chirilgandi. U 5 iyulda Avstriya gran-prisi bilan boshlangan. Yana bir bosqichni Shpilbergdagi trassada o‘tkazishga qaror qilingandi. Chalkashlik yuzaga kelmasligi uchun ushbu bosqich Shtiriya bosqichi deb atalgan. 

Ko‘proq yangiliklar: