«Buxoro» - «Bunyodkor» o‘yini qoldirildi. Superligada ilk koronavirus holati gumon qilinmoqda

Sport 18:05 / 12.07.2020 7874

Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi xavfsizlik nuqtai nazaridan noma'lum muddatga qoldirildi, deya xabar bermoqda PFL rasmiy sayti.

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan. Endilikda, “Bunyodkor” bazasi dezinfeksiya qilinadi va jamoa a'zolari tekshiruvdan o‘tadi. Hammasi joyida bo‘lsa, futbolchilar klub shifokori nazoratida mashg‘ulotlarni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, bugun Namanganning “Navbahor” klubi futbolchilarining holati ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ayni holatga ko‘ra, “Navbahor” futbolchilari o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va ularda shubhali alomatlar yo‘q.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur holatdan kelib chiqib, Superliga uchrashuvlarining keyingi rejalarini ishlab chiqadi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: