58-o‘lim: Toshkentda 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekiston 10:15 / 12.07.2020 27410

«Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli M.K. (ayol) Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolangan.

Unga Covid-19 og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan og‘rigan.

Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi xabarda.

Bu O‘zbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 58-o‘lim holati bo‘ldi.

Shu vaqtgacha Toshkentda 33, Buxoro, Surxondaryo va Namanganda 4, Jizzax, Samarqand va Navoiyda 3tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda bittadan o‘lim ro‘y berdi. Hozirga qadar faqat Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagina virus qurbonlari qayd etilmadi.

Ko‘proq yangiliklar: