Yoshlar ishlari agentligi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 00:22 / 11.07.2020 14480

Kun.uz manbasi xabar berishicha, Dilnoza Kattaxonova 10 iyul kuni Yoshlar ittifoqi binosida prezidentning fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligi rahbarining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Dilnoza Kattaxonova shu paytga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Dilnoza Kattaxonova 1992 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. U muqaddam Xotin-qizlar qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi sifatida ham faoliyat olib borgan.

Avvalroq agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Sarvar Ashurov tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: