O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 4800dan oshdi

O‘zbekiston 17:16 / 11.07.2020 27723

«2020 yil 11 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12402 (+196) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 37 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 15 nafari esa Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan», – deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, bugun Jizzax viloyatida 10 nafar bemor sog‘aygani tasdiqlanib, jami tuzalganlar 7540 nafarga yetgan.

O‘zbekistonda 4806 nafar bemor COVID-19`dan davolanmoqda.

Bundan oldin, soat 10:00 holatiga kasallik aniqlanganlar soni 179 kishiga ortgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: