O‘zbekiston va Arkanzas shtati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 15:19 / 11.07.2020 2000

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, uchrashuvdan asosiy maqsad Arkanzas hukumati, yetakchi davlat kompaniyalari bilan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, amerikalik tadbirkorlarni O‘zbekiston bozoriga jalb etish va mintaqaning oliy va o‘rta maxsus ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganishdir.

Elchixona xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, mamlakatning iqtisodiy salohiyati, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashning ustuvor yo‘nalishlari, unda davlatning rolini kamaytirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi.  

 “O‘zbekiston va Arkanzas o‘rtasida qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, Walmart va Dillard's kompaniyalari tarmog‘ida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini sotish orqali mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, kar va eshitish qobiliyati zaif bolalarni o‘qitish bo‘yicha Arkanzas tajribasini o‘rganishga alohida e'tibor qaratildi. Shtat bu yo‘nalishda yetakchilardan biri bo‘lib, imkoniyati cheklangan bolalar uchun dastlabki maktab 1850 yilda ochilgan.

Arkanzas ma'muriyati vakili shtat bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga tayyorligini bildirdi va ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini sifatli tarkib bilan to‘ldirish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishini ma'lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Walmart va «Dillard's kompaniyalari bilan quritilgan mevalar va to‘qimachilik mahsulotlarini AQShga eksport qilishni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mahalliy universitetlar va Arkanzas shtati universiteti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Arkanzas karlar maktabi vakillari bilan mahalliy mutaxassislar uchrashuvini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Ko‘proq yangiliklar: