BMT yaqin 5 yil ichida sayyoradagi harorat 1,5 darajaga ko‘tarilishini prognoz qildi 

Jahon 00:37 / 11.07.2020 6786

“Jahon meteorologik tashkiloti yildan yilga o‘zgarib turadigan o‘rtacha yillik harorat 2020 yildan 2024 yilgacha oraliqdagi istalgan yilda 1,5 darajaga ko‘tarilishining 20 foiz ehtimolligi mavjudligini aytdi”, deb ta'kidlab o‘tilgan xabarda. 

Ta'kidlanishicha, bu dunyo 1,5 darajalik chegaradan o‘tishini anglatmaydi.

Jahon meteorologik tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalasning ta'kidlashicha, Janubiy Afrika va 2019 yilda o‘rmon yong‘inlari millionlab gektar yerini yo‘q qilgan Avstraliyani 2024 yilgacha yanada kuchliroq qurg‘oqchilik kutayotganini, Afrikadagi Sahel mintaqasi esa yanada namroq bo‘lishini aytgan. 

O‘z navbatida, Yevropa ko‘proq dovullar ko‘rishi, Shimoliy Atlantikaning shimoliy qismida esa shamol kuchliroq bo‘lishi mumkin.

Bunday prognozlar Jahon meteorologik tashkilotining harorat, yog‘ingarchilik va shamollar bo‘yicha qisqa muddatli prognozlarni taqdim qilish bo‘yicha sa'y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Ular davlatlarga iqlim o‘zgarishi ob-havo sharoitlarini qanday buzishi mumkinligini kuzatishida yordam berish uchun taqdim qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: