Amazon asoschisining sobiq rafiqasi AQShning eng badavlat ayoliga aylandi

Jahon 22:34 / 11.07.2020 6735

Amazon aksiyalari narxi bir hafta ichida 10 foizga oshgach, dunyoning eng boy kishisi Jyeff Bezosning boyligi 188,2 mlrd dollarga yetdi. Shu bilan birga uning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Bezos 62,3 mlrd dollari bilan AQShning eng badavlat ayoliga aylandi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Makkenzi Bezos 2019 yil iyulda ajrashganidan so‘ng eriga tegishli kompaniya aksiyalarining 25 foiziga ega bo‘lgandi. O‘shandan buyon Amazon aksiyalari narxi ko‘tarilishi ortidan uning boyligi miqdori qariyb ikki baravarga ko‘paydi, deya qayd etadi Forbes. Bezos Walmart supermarketlar tarmog‘i asoschisining nabirasi Elis Uoltonni AQShning eng badavlat ayollari reytingidagi yetakchiligidan tushirib yubordi.

Boyligi Makkenzi Bezosnikidan ko‘pligi bilan faqat bir ayol — L'Oreal asoschisining nabirasi Fransuaza Betankur-Mayyer maqtanishi mumkin. Uning boyligi 64 mlrd dollar deb baholanadi. Ammo Amazon rahbarining sobiq turmush o‘rtog‘i tez orada uni ham quvib o‘tishi mumkin.

Shu bilan birga, Makkenzi Bezos boyligi qanchalik ko‘paysa, shunchalik ko‘p xayriya qilishi kutilmoqda. U o‘tgan yili Giving Pledge — boyligining yarmini xayriyaga sarflash va'dasiga imzo chekkan. 

Ko‘proq yangiliklar: