Tramp tibbiy niqob taqishga va'da berdi

Jahon 08:56 / 10.07.2020 5681

“Menimcha, niqobni ma'lum bir sharoitlarda taqish kerak. Men Uolter Rid nomidagi gospitalga bormoqchiman, u yerda jarohatlangan hamda koronavirus bilan bog‘liq muhim ishlarni amalga oshirayotgan harbiylarimiz davolanmoqda. Men ushbu shifoxonaga borganimda niqob taqishim kerak bo‘ladi, men buni to‘g‘ri deb hisoblayman. Shu bilan birga, seni doimiy ravishda tekshirishganida, atrofingdagilar ham doimiy ravishda tekshirib turilganida va ijtimoiy masofani saqlaganida zarurat yo‘q, deb o‘ylayman”, - degan prezident Tramp.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, u niqob taqishda muammoga duch kelmaydi, biroq uni zaruriy shart-sharoitlarda taqish kerak. “Odatda men boshqalardan uzoqda bo‘laman va atrofimdagilar doimiy ravishda tekshirib turiladi”, - deya ta'kidlagan Oq uy rahbari.

Prezident Tramp niqob taqmaganligi uchun siyosiy raqiblari tomonidan bir necha bor tanqid qilingan edi. Ularga ko‘ra, Tramp jamoat tadbirlarda niqobsiz ko‘rinishi orqali fuqarolarga yomon namuna bo‘lmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: