Tramp ilk bor Meksika prezidenti bilan uchrashdi 

Jahon 20:35 / 09.07.2020 5985

Tramp Oq uyda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorni qabul qildi. Bu ikki prezidentning ilk uchrashuvi bo‘ldi.

Ikki yetakchining uchrashuvi AQSh, Meksika va Kanada o‘rtasidagi yangi savdo kelishuvi – USMCA’ni imzolash doirasida o‘tgan. Ushbu kelishuv iyul boshidan kuchga kirgan. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Vashingtonga kelishdan bosh tortgan va shu sababli uchrashuv ikki tomonlama ko‘rinish olgan. 

Tramp jurnalistlar oldidagi nutqida AQSh va Meksikaning hozirgi munosabatlarini “misli ko‘rilmagan darajada” deb atagan va ular “hech qachon hozirgidan ko‘ra yaqinroq bo‘lmaganini” ta'kidlab o‘tgan. U Meksika prezidentini maqtab, uni “qat'iyatli muzokarachi” deb atagan.

O‘z navbatida Lopes Obrador Trampga tushunganlik uchun minnatdorlik bildirgan va AQSh “Meksikaga mustamlaka kabi qaramagani”ni ta'kidlab o‘tgan. 

Siz mustaqil millat sifatida bizning shartni bajardingiz. Men bu yerda bo‘lganimning sababi ham shu: AQSh prezidenti bizga hurmat va mehr bilan munosabatda bo‘lgani uchun AQSh xalqiga minnatdorlik bildirish”, deb aytgan Meksika prezidenti.

Trampning ta'kidlashicha, Tryudo bilan uchrashuv keyinroq bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: