Serbiyadagi karantinga qarshi namoyishlar YeI hukumatini xavotirga soldi

Jahon 18:59 / 09.07.2020 4550

Serbiyada koronavirus epidemiyasi sababli cheklovlar kiritilishiga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar YeIda xavotir uyg‘otmoqda, dedi Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Ana Pisonero.

"Aholi salomatligi va farovonligi ustuvor vazifa hisoblanadi. Bizningcha, cheklov choralari asosiy erkinliklarga zarar yetkazmasligi va o‘ta zarur bo‘lishi lozim", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu demokratik jamiyatlarning fundamental huquqi bo‘lgan tinch namoyishlar o‘tkazish huquqiga ham tegishli.

Serbiya poytaxti Belgradda komendantlik soati kiritilishi haqidagi xabardan keyin tartibsizliklar boshlanib ketgandi. Namoyishchilar politsiya mashinalariga hujum qilib, hattoki parlament binosiga bostirib kirishgan. Bunga javoban politsiyachilar ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llashgan.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tartibsizliklarning uyushtirilishida ultrao‘ng guruhlarni ayblagan. 8 iyuldagi namoyishlarning aksariyat ishtirokchilari niqoblarda bo‘lgan va Vuchichning ketishini talab qilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: