Qozog‘istonlik mansabdor qo‘lga olish vaqtida o‘zini daryoga tashladi

Jahon 20:24 / 09.07.2020 18075

Bu haqda Tengrinews.kz sayti xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, tergovgacha surishtiruv ishlari Olmaota viloyati korrupsiyaga qarshi kurash xizmati va Qozog‘iston xavfsizlik xizmati hududiy departamenti xodimlari hamkorligida olib borilgan.

U nogironlar jamiyati direktoridan 1,5 million tenge (3,6 ming dollar) miqdorida pora olishda ayblanmoqda. Hokimiyat vakili bu pul evaziga «2020 yilda hududlarni rivojlantirish» dasturi doirasida nogironlik jamiyatini «qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan».

Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olish vaqtida hokimlik apparati rahbari hayotini xavf ostida qoldirib, o‘zini daryoga tashlaydi. U cho‘kib ketishiga sal qoladi, lekin baribir qorrupsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Ko‘proq yangiliklar: