Pandemiya keltirib chiqargan ocharchilik koronavirusdan ko‘proq qurbonga olib kelishi mumkinligi aytildi

Jahon 19:56 / 09.07.2020 12867

2020 yil oxirigacha pandemiya sababli ocharchilikdan koronavirusdan ko‘proq odam vafot etishi mumkin. Bu haqda dunyoda ocharchilikka qarshi kurash olib boruvchi xalqaro uyushma Oxfam ma'lum qildi. 

“Oxfam yil oxirigacha kuniga 12 ming odam koronainqiroz bilan bog‘liq ocharchilikdan, ya'ni koronavirusning o‘zidan ko‘proq odam o‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda”, deyilgan xabarda.

Ocharchilikka bir qator omillar, jumladan ishsizlik, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarining karantindan ko‘radigan zarar, yordamni yetkazishdagi qiyinchiliklar olib keladi.

Oxfam dunyoning bu muammo oldida eng ojiz davlatlari va hududlarini sanab o‘tgan: Yaman, Kongo, Afg‘oniston, Venesuela, Afrikaning Sahroi Kabirdan pastki qismi, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya va Gaiti.

Ko‘proq yangiliklar: