Misr tashqi ishlar vaziri IShID Liviyaga qaytganini ma'lum qildi

Jahon 00:58 / 09.07.2020 6373

Samih Shukriyning so‘zlariga ko‘ra, Liviyada yuzaga kelgan tahdid Misrning g‘arbiy chegaralariga xavf soladi.

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qilgan chiqishi chog‘ida Liviyaga IShID jangarilari qaytganini ma'lum qildi.

"IShID jangarilari Liviya g‘arbidagi ayrim shaharlarda, ayniqsa Sabratda yana paydo bo‘lganidan qattiq tashvishdaman. Imkoniyatdan foydalanib, tashkilotga a'zo davlatlar Liviyadagi terrorizmga qarshi kurash olib borishga majburligini tasdiqlamoqchiman", - dedi u.

Shukriyning qo‘shimcha qilishicha, BMT a'zolari "har qanday hududiy tomonning ekstremistlarga har qanday shakldagi qo‘llab-quvvatlovini qoralashi shart".

Uning so‘zlariga ko‘ra, Liviyada yuzaga kelgan tahdid Misrning g‘arbiy chegaralariga xavf soladi.

Liviyada Tripoli va mamlakat g‘arbini nazorat qilib turgan milliy kelishuv hukumati va  sharqiy hududlarni nazorat qilayotgan Liviya milliy armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: