Maxsus xizmatlar xodimlari Bolgariya prezidenti ma'muriyati binosida tintuv o‘tkazmoqda

Jahon 13:43 / 09.07.2020 5235

 Maxsus xizmatlar vakillari Bolgariya prezidenti ma'muriyatidagi kabinetlarda tintuv o‘tkazmoqda. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

 "Bugun prokuratura, IIV, guvohlarni himoya qilish byurosi vakillari va boshqa shaxslar prezident ma'muriyatidagi kabinetlarda tintuv o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorni taqdim etdi. Prokuratura o‘z harakatlari to‘g‘risida jamoatchilikka ma'lumot berishi lozim", - deyiladi Bolgariya prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Bolgariya bosh prokurori Ivan Geshev jurnalistlarga tintuvlar ikkita jinoyat ishini tergov qilish doirasida o‘tkazilayotganini ma'lum qildi.

"Tintuvlar prezident maslahatchisi va uning kotibi foydalanadigan ikkita kabinetda o‘tkazilmoqda", - dedi Geshev.

Holat bo‘yicha boshqa ma'lumotlar aytilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: