Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 12 milliondan oshdi

Jahon 09:55 / 09.07.2020 11817

O‘quv muassasasiga ko‘ra, 12 007 327 kishi virusni yuqtirgan, shundan 548 799 kishi hayot bilan vidolashgan. Kasallanishning eng ko‘p holati AQSh (3 051 427) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, so‘ngra Braziliya (1 713 160) va Hindiston (742 417) boryapti.

Rossiya virus aniqlangan fuqarolar soni bo‘yicha 4-o‘rinda bormoqda. Bu mamlakatda shu vaqtga qadar 700 792 kishida virus aniqlangan, 472 511 kishi sog‘aygan, 10 667 inson vafot etgan.

O‘zbekistonda bugungi kunda koronavirusni yuqtirganlar soni 11 mingdan oshgan. Shu vaqtga qadar 45 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Sanitar-epidemiologik holat keskinlashgani munosabati bilan mamlakatda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari tiklandi va respublika hududi “qizil” hudud deb e'lon qilindi. 

Ko‘proq yangiliklar: