Janubiy Koreyada bedarak yo‘qolgan Seul meri qidirilmoqda

Jahon 17:47 / 09.07.2020 5358

 Janubiy Koreya politsiyasi Seul meri Pak Von Sunni qidirmoqda. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, qizi politsiyaga murojaat qilganidan so‘ng mer bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilingan.

Pak Von Sunning qizi otasi "otasi to‘rt-besh soat avval vasiyatnomaga o‘xshagan xat qoldirib uydan chiqib ketganini, telefoni esa o‘chirilgan holatda" ekanligini bildirgan.

 Politsiya dronlar va politsiya itlari yordamida keng miqyosdagi qidiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Ko‘proq yangiliklar: