Hindistonda harbiylarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Jahon 20:56 / 09.07.2020 3339

Hindiston qurolli kuchlari qo‘mondonligi harbiy unvonidan qat'i nazar barcha harbiylarga Facebook tarmog‘idagi sahifalarini zudlik bilan o‘chirishni buyurdi. Ularga shuningdek, yana 88ta ilovadan foydalanish taqiqlandi.

The Asian Age gazetasining xabar berishicha, taqiq 15 iyuldan kuchga kiradi. Taqiqilangan ilovalar orasida Hindistonda ishlab chiqarilgan hamda Xitoyning 59ta ilovasi o‘rin olgan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin o‘tmishda xorij josuslari hind askarlaridan maxfiy ma'lumot olish uchun Facebook’dan foydalangan bir nechta  holat yuz bergan.

15 iyuldan keyin taqiqlangan ilovalardan foydalangan har qanday harbiy xizmatchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko‘riladi.

2019 yilda Hindiston armiyasi qo‘mondonligi harbiy xizmatchilarni Pokiston razvedkasi Facebook, Twitter va Instagram tarmoqlarida ayollar nomidan sahifa ochib hind askarlari bilan tanishishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: