Qashqadaryoda koronavirusga chalinganlar soni keskin oshishi G‘uzordagi zavod bilan bog‘liqligi ma'lum qilindi

O‘zbekiston 14:34 / 08.07.2020 21065

Bugun, 8 iyul kuni soat 10:00da Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan 161 nafar yangi bemor qayd etilganini e'lon qildi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanganlarning 127 nafari viloyatning G‘uzor tumanida barpo etilayotgan, sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Uzbekistan GTL» zavodi qurilishida ishtirok etayotganlar orasidan aniqlangan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli karantinga olingan edi.

Ayni paytda mazkur korxona qurilishi hududida infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

«Afsuski, viloyatda aholi orasida ham infeksiya yuqtirib olganlar soni oshayotgani kuzatilmoqda. Ayni paytda Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami 2793 nafar fuqaro karantinga olingan. Shundan 576 nafari statsionar, 2217 nafari uy karantinida tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: