O‘zbekiston Toshkentda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Sport 19:11 / 08.07.2020 6213

JCh-2022 saralashiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi sentyabrda yig‘in boshlaydi va 4 sentabr kuni Tojikiston bilan, 7 sentyabrda esa Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Har ikki o‘yin Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston JCh-2022 saralashining qoldirilgan o‘yinlarini 13 oktyabrdan boshlaydi. Shu kuni Abramov jamoasi Yaman bilan neytral stadionda o‘ynaydi. Shuningdek, 12 noyabr kuni Singapur Toshkentda mehmon bo‘lsa, 17 noyabr kuni O‘zbekiston Jiddada Saudiya bilan o‘ynaydi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi ayni damda JCh-2022 saralashining «D» guruhida 5-turdan keyin 9 ochko bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Eron esa saralashning «S» guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: