Jizzax shahrida 600dan ortiq ko‘chalar qayta nomlanadi

O‘zbekiston 14:05 / 08.07.2020 2498

Jizzax shahri hokimligi tomonidan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror loyihasi muhokama uchun normativ huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylashtirildi.

Loyihada shahardagi bir-birini takrorlovchi ko‘chalar nomini qayta nomlash, jumladan joylarning qadimiy nomlarini tiklash yuzasidan tushgan takliflar ko‘rib chiqilganligi ta'kidlanadi. Mazkur takliflar atroflicha muhokama qilinib, geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi tomonidan ko‘chalarni qayta nomlash hamda shahardagi mavjud ko‘cha nomlarini tasdiqlash to‘g‘risida taqdim etilgan xulosalar ma'lumot uchun qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi «Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, geografik obektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida»gi 295-sonli qarori hamda shahar komissiyasi takliflarini inobatga olib, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qaroriga ko‘ra tegishli ilovalarga muvofiq, Jizzax shahri hududidagi bir-birini takrorlovchi ko‘cha nomlarini o‘zgartirish, qonunga zid nomlarni hamda nomsiz ko‘chalarni qayta nomlash ko‘zda tutilgan.

Tegishli mutasaddi va davlat organlariga amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari o‘zgartirilgan mahalla fuqarolar yig‘ini, aholi punktlari va ko‘chalarning tarkibiy qismlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq topshiriqlar berilgan.

Ushbu qaror loyihasi portalga 3 iyul kuni joylashtirilgan va 18 iyulgacha keng jamoatchilik muhokamasiga tashlangan. Loyihada qayta nomlanayotgan ko‘chalar ro‘yxati bilan ham tanishish mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: