Belgiyada 3D-printer yordamida 2 qavatli uy barpo etildi

Jahon 23:43 / 08.07.2020 3640

Belgiyalik mutaxassislar 3D-printer yordamida 2 qavatli uy barpo etishdi. 

Ta'kidlanishicha, uy bunday texnologiya yordamida qurilgan dunyodagi eng katta ikki qavatli uy hisoblanadi. Uning barpo etilishiga 90 kvadrat metr joy va 15 kun 8 soatlik smenadan talab etilgan.

Uyning hamma devorlari betondan printer yordamida avtomatik ravishda ko‘tarilgan.

An'anaviy usulda qurilgan shunday uy 100 ming dollar tursa, 3D-printerda bosilgan uy 2 marta arzonroqqa tushadi, biroq printerning o‘zi 300 ming dollar turadi. E'tiborlisi, qurilmani hattoki yosh bola dasturlashtirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: