AQSh JSSTdan chiqishi sanasini ma'lum qildi 

Jahon 07:42 / 08.07.2020 13241

Vashington BMTni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini 2021 yil 6 iyulda tark etishidan xabardor qildi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.  

“AQSh 2020 yil 6 iyulda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1946 yilda ta'sis etilganda mas'ul shaxs sifatida tayinlangan BMT bosh kotibini JSSTdan chiqishi haqida xabardor qildi. Bu qaror 2021 yil 6 iyuldan kuchga kiradi”, deb ma'lum qilgan Dyujarrik. 

Uning ta'kidlashicha, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQShning JSSTdan chiqish bo‘yicha barcha shartlarni bajarishini tekshirishi lozim.

“Bu shartlar tashkilotdan chiqish haqida bir yil oldin xabardor qilish va tashkilot oldidagi moliyaviy majburiyatlarni to‘liq uzishni o‘z ichiga oladi”, deb ta'kidlab o‘tgan BMT vakili. 

Aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp JSSTni koronavirus tarqalishi haqidagi ma'lumotlarni yashirishda ayblagandi va shu sababli xalqaro tashkilotga badal kiritishni to‘xtatishni buyurgandi.

Keyinroq Oq uy rahbari JSST 30 kun ichida o‘z faoliyatini yaxshilamasa, unda tashkilotni moliyalashtirishni to‘liq to‘xtatish bilan tahdid qilgan. 

Yevropa ittifoqi bu masalada JSST tomonini olgan va pandemiya vaqtida uning faoliyatini tahlil qilishni keyinroqqa qoldirishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: