«Milan» «Yuventus»ga 4 gol urdi. Bunaqasi 1989 yildan buyon kuzatilmagan

Sport 03:03 / 08.07.2020 12727

A Seriyada 31-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘z maydonida «Yuventus»ni qabul qilgan «Milan» birinchi bo‘limda 0:2 hisobida ortda borayotib, ikkinchi bo‘limda to‘rtta gol urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Rabo va Ronaldu bittadan gol urib hisobni turinliklar uchun qulay ko‘rinishga keltirgandi, ammo Sarri shogirdlari bu ustunlikni saqlab qola olishmadi. Milanliklar safida gollarga Zlatan Ibrahimovich (u 62-daqiqada penaltidan unumli foydalanib hisobni qisqartirdi), Frank Kessi (66-daqiqa), Rafael Leao (67-daqiqa) va Ante Rebich (80-daqiqa) mualliflik qildi.

Shu tariqa, «Milan» 1989 yildan buyon Italiya chempionati doirasidagi o‘yinda «Yuventus» darvozasiga 4 gol urishga erishdi.

Milan klubi turnirdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 5 o‘yinga yetkazdi, «Yuventus» esa 8 fevraldan buyon ilk bor mag‘lub bo‘lib, mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunladi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Milan»ning ochkolari soni 49taga yetdi va Pioli jamoasi vaqtincha 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Yuventus» esa 75 ochko bilan hamon yetakchilik qilmoqda.

Turinliklar klubini ta'qib qilib kelayotgan «Latsio» ligada jon saqlash uchun kurashayotgan «Lechche»ga imkoniyatni boy berdi (1:2) va rimliklar jamoasidagi ochkolar soni 68taligicha qoldi.

A Seriya. 31-tur
 
Milan – Yuventus 4:2
Gollar: Ibrahimovich (62, penalti), Kessie (66), Rafael Leau (67), Rebich (80) – Rabo (47), Ronaldu (53).
Milan: Donnarumma, Ker, Teo, Konti (Kalabriya, 82), Romanoli, Bennaser, Salemakers (Rafael Leau, 60), Lukas Paketa (Chalxanoglu, 46), Kessie, Ibrahimovich (Bonaventura, 67), Rebich (Krunich, 82).
Yuventus: Shchensni, Rugani, Bonuchchi, Danilo, Rabo (Matyuidi, 69), Kuadrado (Aleks Sandro, 77), Pyanich (Remzi, 69), Bentankur (Muratore, 90), Bernardeski, Iguain (Duglas Kosta, 69), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Lukas Paketa (31), Bennaser (36), Rebich (59), Bonuchchi (62), Konti (73).

Lechche – Latsio 2:1
Gollar: Al Babakar (30), Luchoni (47) – Kaysedo (5).
Lechche: Gabriel, Donati, Kalderoni, Pas, Luchoni, Saponara (Farias, 59), Petrichchone (Deyola, 72), Barak, Mankozu, Falko (Rispoli, 72), Al Babakar (Mayer, 52).
Latsio: Strakosha, Radu (Luis Felipe, 46), Acherbi, Gabarron, Latssari (Adekane, 85), Leyva (Milinkovich-Savich, 46), Parolo (Kataldi, 70), Luis Alberto, Xoni Rodriges (Lukaku, 46), Immobile, Kaysedo.
Ogohlantirishlar: Kaysedo (22), Donati (43), Radu (44), Gabriel (56), Petrichchone (65), Immobile (81).
Chetlatish: Gabarron (90).

Ko‘proq yangiliklar: